Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya- Ukraina: Xalqaro sport musobaqalarining taqdiri nima bo‘ladi?
10:42 / 2022-02-23

Har ikki davlat siyosatidagi munosabatlarning tangligi dunyo ahli qatori xalqaro sport tashkilotlarini ham tashvishga solmoqda.

Joriy yil davomida har ikki mamlakatda bir qator xalqaro sport musobaqalari, chempionatlar, jahon kubogi bosqichlari, saralash musobaqalari o‘tkazilishi belgilangandi. Endi ularning taqdiri nima bo‘ladi?

Vaziyatning mintaqada kundan kunga sovuqlashib borayotgani nufuzli sport tadbirlarini tashkil etishga soya solishi ehtimoldan yiroq emas, albatta. Lekin hozircha biron bir Xalqaro sport federatsiyasi taqvim rejasidagi turnirlarni bekor qilganicha yo‘q.

Lekin shunday bo‘lsa-da, Xalqaro sport federatsiyalari kalendar rejaga asosan Rossiyada chang‘i sporti bo‘yicha o‘tishi belgilangan 8 ta jahon kubogi bosqich musobaqalarini, voleybol bo‘yicha 26 avgust — 11 sentyabr kunlari 10 ta shaharda o‘tadigan erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatini, suzish bo‘yicha Qozonda bo‘ladigan 4 ta toifadagi jahon chempionatlarini, sentyabrda Ukrainada greblya bo‘yicha tashkil etilishi kutilayotgan dunyo birinchiligi va boshqa xalqaro musobaqalar ko‘rsatilgan muddatlarda tashkil etilishini aytishmoqda. 

Ammo joriy yilning 28 mayida Rossiyaning shimoliy darvozasi Sankt-Peterburgda futbol bo‘yicha o‘tishi lozim bo‘lgan Yevropa chempionlar ligasining final o‘yini masalasi ko‘hna qit’a siyosiy elitasi tomonidan keng muhokama qilinayotganligi bu masala UEFA va FIFA ijroiya qo‘mitasi, hattoki Xalqaro olimpiya qo‘mitasi a’zolarini ham bezovta qila boshladi.

Buyuk Britaniya siyosatchilari UEFAdan Rossiyada o‘tadigan jahon chempionati saralash hamda Chempionlar ligasi bilan bog‘liq futbol o‘yinlarini bekor qilishni talab qilib chiqishdi va bunga bir qator dalillarni keltirib o‘tishgan. 

UEFA mutasaddilari qirollik mamlakati siyosatchilarining salbiy munosabatlariga aniq javob bermagan bo‘lsa-da, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi so‘roviga “Rossiya—Ukraina tegrasidagi holat doimiy kuzatuvda, hozircha o‘yinlarni bekor qilish yoki uni boshqa hududga ko‘chirish masalasi kun tartibida emas”ligi yuzasidan munosabat bildirib o‘tishdi.

Mazkur masalaning qay tarzda yechim topishi ayni paytgacha tumanli ko‘rinishda bo‘lib turibdi. Yevropadagi ayrim ommaviy axborot vositalari, mutaxassislar har ikki mamlakat Ukraina va Rossiyada futbol bo‘yicha jahon chempionati saralashlarini qarama-qarshiliklardan holi davlatlarga o‘tkazish, Yevropa chempionlar ligasining final o‘yini muddatini 28 may kuniga qoldirgan holatda uni ham qit’aning o‘zga bir shahrida tashkil etish tashabbusini ilgari surmoqda.

T. Ro‘ziyev, O‘zA