Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya - Ukraina urushi qurol-yarog‘ kompaniyalariga qancha foyda keltirmoqda? (+video)
11:54 / 2025-12-12

YeIdagi qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi kompaniyalar daromadining o‘sishi Rossiya – Ukraina urushiga bog‘liq bo‘lib qolayotir. Yevropadan tashqari dunyodagi yirik qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchilarning qurol sotish va harbiy xizmatlardan tushgan daromadlari bugungi geosiyosiy taranglik avj olgan sharoitda rekord darajaga yetdi, deb xabar beradi Yevronyus.

Stokgolm tinchlik muammolarini o‘rganish xalqaro instituti ma’lumotlariga ko‘ra, qurol sotishdan tushgan daromad 2024 yilda 5,9 foizga oshib, 679 milliard dollarga yetgan. Mutaxassislar buni kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich, deya baholamoqda.  

Jami daromadning o‘sishi asosan Yevropa va AQSHda joylashgan kompaniyalarning savdo hajmi kengayishi bilan izohlanadi.

2024 yilda Yevropadagi qurol ishlab chiqaruvchilarning kamida 65 foizi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirgan va 26 ta kompaniyaning umumiy daromadi 13,4 foizga oshib, 151 milliard dollar foyda olgan.

Eng katta o‘sish Chexiyaning Czechoslovak Group kompaniyasida kuzatildi, ya’ni o‘sish 193 foizni tashkil etgan. Olingan daromad esa 3,6 milliard dollardan oshgan. Bu o‘sish Chexiya hukumatining Ukrainaga artilleriya snaryadlari yetkazib berish loyihasi bilan bog‘liq. Kompaniyaning o‘tgan yildagi qurol sotishdan tushgan daromadining yarmidan ko‘pi Ukrainadagi urushdan orttirilgan. Italiyaning ikkita yirik kompaniyalari daromadi ham 9,1 foizga o‘sib, 16,8 milliard dollarni tashkil etgan. Shular qatori to‘rtta nemis kompaniyasining ham jami daromadi 36 foizga oshib 14,9 milliard dollar foyda ko‘rgan.  

Qurol-yarog‘ savdosi ko‘paygan bo‘lsa-da, Yevropada qurol-aslaha ishlab chiqarish ba’zi bir muhim xom ashyo turlariga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Bu xom ashyolarning ayrimlari oldin Rossiyadan olingan. Bugun esa vaziyat boshqacha. Bunday holat Yevroittifoqning mudofaa sanoatini geosiyosiy va bozor xatarlariga nisbatan zaif qilib, taqchillik xavfini kuchaytiradi. Shu sababli, joriy yil so‘nggida Yevropa Ittifoqi 2029 yilgacha xom-ashyo importiga bo‘lgan bog‘liqlikni 50 foizga qisqartirish rejasini taqdim etdi va Yevropa ichidagi qazib chiqarish loyihalariga sarmoya kiritishni boshladi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/lWc8KfvHfOo?si=ASGozJoSMIEWRSsR" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA