French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya – Ukraina urushi: noxush statistika
15:01 / 2026-01-28

AQSHdagi "Center for Strategic and International Studies" (CSIS) tadqiqot markazi Rossiya – Ukraina urushi davomida halok bo‘lgan va yaralangan harbiylar soni bo‘yicha yangi ma’lumotni e’lon qildi.

Hisobotga ko‘ra, 2022 yil fevralda boshlangan keng ko‘lamli harbiy amaliyot davomida Rossiyaning umumiy yo‘qotishi 1,2 million kishigacha yetgan, jumladan kamida  325 000 askar halok bo‘lgan.

Ushbu ma’lumot BBC rus xizmati va “Mediazona” nashri ochiq manbalariga asoslangan hisob-kitobga ancha mos keladi: hayotdan ko‘z yumgan Rossiya tomoni vakillari 254 800 dan 368 100 gacha taxmin qilingan. Donetsk va Lugansk bo‘linmalarini hisobga olganda bu raqam sezilarli darajada oshadi.

Ukraina Qurolli kuchlari tarkibi urush mobaynida 500-600 ming zarar ko‘rgan. Shundan 100-140 ming nafari halok bo‘lgan, deya taxmin qilinmoqda.

Hujjatda ta’kidlanishicha, “Ikkinchi jahon urushidan so‘ng dunyodagi hech bir kuchli davlat Rossiya singari harbiy qurbonlikka uchramagan.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA