Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya – Ukraina nizosi: 3-mart holati
19:41 / 2026-03-03

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy hozirgi jang sharoitida Rossiya o‘z rejasini amalga oshirishda qiynalayotganini ta’kidlab, diplomatik muzokara shu hafta davom etishi ehtimoli saqlanib turganini ma’lum qildi. RF rasmiylari esa muzokara Moskva manfaatiga muvofiq, deb bilsa-da, hududiy kelishmovchilik hamon mavjudligini ta’kidlamoqda.

Ukraine's Zelenskiy says Russia will have difficulty fulfilling planned  advances | Reuters

Zelenskiy fikricha, Rossiya rejasini amalga oshirishda jiddiy to‘siqqa uchramoqda, strategik bosqich esa mavjud vaziyat bilan to‘liq muvofiqlashmayapti. RF armiyasi Donbass chegarasida muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsa-da, Kiyev qo‘shini Zaporoje viloyatida bir aholi manzilini qaytarib olgan.

Ukraina rahbari qo‘shimcha bayonot ham berdi: Shu haftaga mo‘ljallangan AQSH vositachiligidagi tinchlik muzokarasi bekor qilinmagan, lekin jang xavfi bilan bog‘liq holat sabab, uchrashuv joyi o‘zgarishi mumkin.

Moskva tomonidan Donetsk mintaqasining qolgan 20 foiz hududini tortib olish talabini Ukraina rad etib kelyapti. Mazkur bayonot Ukraina tashqi siyosatida diplomatik yo‘l bilan tinchlikka erishish asosiy tamoyil o‘laroq tanlaganini qayta tasdiqlaydi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Rossiya Ukraina bilan muzokarani davom ettirishni o‘z manfaatiga mos deb biladi va diplomatik yo‘lni afzal ko‘radi. Shuningdek, muzokara masalasi hamon muhim va Rossiya mojaro hal qilinishini istamoqda.

Kremlin says continuing talks with Ukraine is in Russia's own interests |  DD News

Rossiyaning diplomatik pozitsiyasi ikki tomon o‘rtasidagi muzokara jarayoni hali dolzarbligini isbotlaydi. Afsuski, hududiy kelishmovchilik hal bo‘lmasdan vaziyatga aniq baho berish qiyin.

Xalqaro nashrlar nima yozyapti?

“Reuters” va “Associated Press” axborotiga ko‘ra, shu haftaga rejalashtirilgan Rossiya – Ukraina tinchlik muzokarasi yaqinlashmoqda. Zelenskiy bayonotidan keyin ushbu nashrlar uchrashuv joyi Shveysariya yoki Turkiya bo‘lishi mumkinligini yozdi.

D.Hakimov, O‘zA