Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya - Ukraina muzokarasining ikkinchi bosqichi 4-5 fevralga belgilandi
19:53 / 2026-02-02

Xavfsizlik guruhi faoliyatining bir qismi sifatida Rossiya va Ukraina vakillari o‘rtasidagi muzokaraning ikkinchi bosqichi 4-5 fevral kunlari Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi.

“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov uchrashuv dastlab 1 fevralga rejalashtirilgani, ammo keyin jadvalga o‘zgarish kiritish zarurati yuzaga kelganini tasdiqladi. U Rossiya kelishuv bo‘yicha muloqotga ochiqligini ta’kidlab, jarayonni murakkab va ko‘p qirrali, deb atadi.

Kreml vakili so‘zlariga ko‘ra, RF hozirgi pozitsiyasida qoladi: agar Ukraina Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara olib borishga tayyorligini bildirsa, bunday uchrashuv faqat Moskvada o‘tishi mumkin.

G.Sattorova, O‘zA