Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya – Ukraina: Ajratilgan moliya nazoratda. Bitim to‘xtatildi...
12:06 / 2023-02-01

BMT barcha tomonlar Ukraina atrofidagi ziddiyatga barham berish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirish zarur, deb hisoblaydi. Bu haqda BMT Bosh kotibining rasmiy vakili o‘rinbosari Farxan Haq bayonot berdi.

“Qarama-qarshilik davom etayotgani bizni juda katta tashvishga solmoqda. Biz mazkur inqirozning tezroq tugashini istaymiz”, deb qo‘shimcha qildi u.  

YeI rahbarlari Ukraina yaqin yillarda Ittifoqqa kiradi, degan soxta umidni bermasligi kerak. “Financial Times” nashriga ko‘ra, Bryussel qator Yevropa poytaxtlarini shu haqda ogohlantirdi.  

Yevropaning yuqori martabali diplomatlari nashrga bildirishlaricha, Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel va uning hamkasblari “Ukrainani tezroq YeIga kirishini ta’minlash kerak, deb Kiyevning ko‘nglini puch yong‘oqqa to‘ldirmoqdalar”.

Nashrning xabariga ko‘ra, 3 fevral kuni YeI – Ukraina ikki tomonlama sammiti bo‘lib o‘tadi.

Fransiya Ukrainaga "Ground Master 200” (GM200) radiolokatsiya tizimini yetkazib berish bo‘yicha tegishli bitim imzolanadi, deb ma’lum qildi Fransiya Mudofaa vaziri Sebasten Lekornyu ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z  sahifasida.  

Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning Ukrainada Amerikaning biolaboratoriyalari faoliyati to‘g‘risidagi bayonotlarini asossiz, deb hisoblaydi. Bu haqda Oq uyning Milliy xavfsizlik kengashidagi strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Jon Kirbi aytib o‘tdi.

«Hech qanday qurol-aslaha, biologik qurol, laboratoriya yo‘q. AQSH Ukrainada yoki Kiyev bilan hamkorlikda biologik qurol ishlab chiqarmagan», dedi Kirbi.

AQSH Moliya vazirligi vakili Megan Apperning “Reuters” agentligiga aytishicha, Qo‘shma Shtatlar tomonidan Ukrainaga ajratilgan moliya mablag‘larining belgilangan maqsadlardan tashqarida sarflanayotgani to‘g‘risida hech qanday alomatlar yo‘q.  

“Moliya vazirligi Jahon banki bilan hamkorlikda Amerika mablag‘larining Ukrainada sarflanayotganini uzatib bormoqda”, dedi Apper.  

“SNN” telekanaliga bergan suhbatida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Ukrainaga gumanitar yordamlardan tashqari ko‘mak berishning boshqa variantlarini ko‘rib chiqmoqda, deb aytgan.

“AQSH ilgari Isroilda qoldirib ketgan 250 ming o‘q-dorining ma’lum qismini olib, uni Ukrainaga berib yubordi”, dedi u.  

Bundan tashqari, Rossiya – Ukraina inqirozida vositachilik rolini bajarishga tayyor ekani to‘g‘risida bayonot berdi.  

Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis Yaponiyaning “Nikkei Asia” nashriga bergan intervyusida Ukrainaga “Leopard 2” bermasligini aytdi.  

“Kiyevga yetarli darajada harbiy ko‘makni berdik, xususan, zirhli piyoda bronlashtirilgan mashinalarini yetkazib berdik, ammo tank berolmaymiz, mudofaa salohiyatimizga ziyon keltirmasligimiz kerak”, dedi Bosh vazir. 

“The Daily Telegraph” gazetasining Birlashgan Qirollik Bosh vaziri vakiliga tayanib xabar berishicha, Buyuk Britaniya 2023 yilda 40 mingga yaqin ukrainalik harbiylarni o‘qitib beradi. 

Ukraina hukumatining Oliy Radadagi vakili Taras Melnichukning ma’lum qilishicha, Rossiya bilan ikki tomonlama hukumatlararo Havo transporti va aviatsiya texnikasi ishlab chiqarish sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni harakatdan to‘xtatdi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

 

Abror XON, O‘zA