Rossiya, Turkiya va Eron kelgusi haftada Ostonada Suriya boʻyicha muzokaralar oʻtkazadi
Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida 28-29 noyabr kunlari Rossiya, Turkiya va Eron oʻrtasida Suriya boʻyicha muzokaralar oʻtkaziladi
Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida 28-29 noyabr kunlari Rossiya, Turkiya va Eron oʻrtasida Suriya boʻyicha muzokaralar oʻtkaziladi, deya xabar bergan Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdrahmanov.Muzokarada Suriya hukumati va muxolifat delegatsiyalari ham ishtirok etishi kutilmoqda, deb yozadi Abdurahmanov, Tass axborot agentligining dushanba kuni bergan bayonotida.
Shuningdek, konferensiyaga Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Iordaniyadan kuzatuvchilar taklif qilingan.
Ushbu muzokara Moskva, Anqara va Tehron tomonidan uyushtirilgan 11-konferensiya hisoblanadi.
Muzokaralardan maqsad Suriyadagi vaziyatni yumshatish va mamlakatdagi zoʻravonliklarni bartaraf etishni koʻzda tutadi.
Bunday turdagi konferensiya shu yilning iyul oyida Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan edi.