Rossiya - Turkiya: gaz savdosi rublda amalga oshiriladi
Rossiya va Turkiya Prezidentlari Vladimir Putin va Rejep Tayyip Erdog‘an Sochida bo‘lib o‘tgan muzokarada gaz yetkazib berish va savdoni rublda hisoblash bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Bu haqda Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak jurnalistlarga ma’lum qildi, deyiladi "Interfax.ru" xabarida.
Qayd etilishicha, Rossiya har yili Turkiyaga 26 milliard kubometrga yaqin gaz yetkazib beradi.
Xabarda Rossiya rasmiy vakilining "Biz asta-sekin milliy valyutada muomala qilishga o‘tyapmiz. To‘lovning bir qismi rus rublida amalga oshiriladi.
Bu Rossiya uchun yangi imkoniyatlar ochadigan, jumladan, pul-moliya munosabatimizni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bosqich" degan nutqi iqtibos qilib keltirilgan.
O‘zA