Rossiya tomonidan mamlakatning shimoliy hududi – Artikani rivojlantirishga e’tibor qaratiladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Arktika kuni”ga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda mamlakat shimoliy hududlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishini ta’kidladi.
“Arktika kuni” forumini Sankt-Peterburgdagi “Rosatom” davlat korporatsiyasi tashkillashtirdi.
“Putin Arktikani o‘zlashtirish, tabiiy resurslarini saqlash va bu yerda yirik investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish dolzarbligini aytgan”, deyiladi “RIA Novosti” xabarida.
Anjumanda rossiyalik va xorijlik tadbirkorlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan.