Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan chegara yaqinidagi mashqlari yakunlandi
14:20 / 2021-08-10

Afg‘oniston bilan chegaradan 20 kilometr uzoqlikdagi Xarb-Maydon poligonida Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistondan 2,5 ming harbiy xizmatchi ishtirokida qo‘shma mashg‘ulotlar yakunlandi.

Bu haqda Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin ma’lum qildi.

Tojikiston Mudofaa vaziri Sherali Mirzo bunday antiterror mashqlari uch mamlakat harbiy hamkorlik tarixida birinchi marta o‘tkazilganini qayd etdi.

"Biz Tojikiston, O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlarining qo‘shma mashg‘ulotlarini yakunlamoqdamiz. Birinchi marta to‘plangan tajribaga asoslanib, aviatsiya, razvedka, o‘t o‘chirish majmualari va qo‘nish usullarini qo‘lladik", - dedi Lapin.

Ta’kidlanishicha, mashg‘ulotlar Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashuvi va radikal terroristik guruhlarning Markaziy Osiyo mintaqasining chegaradosh mamlakatlariga kirib kelish xavfi fonida o‘tkazilgan.  

Harbiy mashg‘ulotlarda Rossiyaning Mi-24 hujum vertolyotlari va turli modifikatsiyadagi Mi-8 transport-jangovar vertolyotlari ishtirok etgan.

Markaziy harbiy okrug qo‘mondonining aytishicha, bo‘lajak qo‘shma harakatlar harbiy jamoani mustahkamlashga, mamlakatlarimizni harbiy tajovuzdan himoya qilishga yordam beradi.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i, general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov ham Afg‘onistondagi vaziyatdan xavotirda ekanini bildirgan.  

- Vaziyat bizdan doimo hushyor bo‘lishni va jangovar tayyorgarlikni saqlashimizni talab qiladi, - dedi u.

Tafsilotlar shuni ko‘rsatadiki, havo hujumi natijasida vertolyot ekipajlari yuzdan ortiq nishonlarga zarba bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Afg‘oniston chegarasi yaqinidagi Termiz poligonida manevrlarda qatnashgan harbiy xizmatchilarini O‘zbekistondan olib chiqqan edi.