Rossiya TIV: “Shimoliy oqim”da terakt bo‘lganmi?
Moskva “Shimoliy oqim”da terrorchilik akti sodir etilgani ehtimolini aniqlash uchun “barcha taxminlarni ko‘rib chiqmoqda”, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Vershinin.
Avvalroq Vershinin “Shimoliy oqim”dagi terror harakatlari bo‘yicha Rossiya Federatsiya va Germaniya Federativ Respublikasi ishtirokida xalqaro surishtiruv o‘tkazish tarafdori ekanini ma’lum qilgandi.
26 sentyabr kuni Rossiyaning Yevropaga eksport qiluvchi ikki gaz quvuri – “Shimoliy oqim -1” va “Shimoliy oqim-2”ga hujum uyushtirilgandi.
“Gazprom” 3 oktyabr kuni shikastlangan ikki gaz quvurida bosim barqarorlashgani, gaz sizib chiqishi to‘xtagani to‘g‘risida xabar bergan.
Rossiya Bosh prokuraturasi “Shimoliy oqim” gaz quvurlariga yetkazilgan zarardan keyin xalqaro terror akti bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi.
O‘zA