Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya TIV AQSHdan Maduro bo‘yicha izoh talab qildi
17:56 / 2026-01-03

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi mamlakatdan olib chiqib ketilgani haqidagi xabarlardan jiddiy xavotirda ekanini ma’lum qildi.

Shu munosabat bilan Rossiya diplomatlari AQSHga murojaat qilib, vaziyatga aniqlik kiritishni so‘radi.

Bu haqdagi ma’lumot Rossiya TIVning rasmiy saytida e’lon qilindi. 

Vazirlik bayonotida ta’kidlanishicha, agar bunday harakatlar haqiqatan ham sodir bo‘lgan bo‘lsa, bu mustaqil davlat suverenitetiga nisbatan yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan tajovuz hisoblanadi. Rossiya TIVga ko‘ra, davlat suverenitetini hurmat qilish xalqaro huquqning asosiy tamoyillaridan biri sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, shanbaga o‘tar kechasi, AQSH qurolli kuchlari Venesuela poytaxti Karakas va mamlakatning boshqa hududlaridagi ob’ektlarga havo zarbalari bergani xabar qilingan edi. 

Shundan so‘ng AQSH rahbari Donald Tramp Nikolas Maduro va birinchi xonim Siliya Flores qo‘lga olinib, mamlakatdan olib chiqib ketilganini ma’lum qildi.

Ayni paytda mazkur xabarlar atrofidagi vaziyat xalqaro miqyosda jiddiy muhokamaga sabab bo‘lmoqda.

Kenja Bekjonov, O‘zA