G‘arb sanksiyalari tufayli Rossiya o‘zining 300 milliard dollarlik moliyaviy zaxiralaridan foydalana olmayapti, – dedi Rossiya moliya vaziri.
– Jami Rossiyada 640 milliard dollarga yaqin zaxira mavjud. Hozirda biz 300 milliard dollar zaxiradan foydalana olmaymiz, – dedi Anton Siluanov “Rossiya-1” telekanaliga bergan intervyusida.
– Ba’zi zaxiralar Xitoyda, – deydi Siluanov. – Ammo g‘arb hozir Xitoyga bosim o‘tkazmoqda va zaxiralardan foydalanishimizni cheklamoqda.
U Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik har qanday holatda ham o‘sishiga umid bildirdi.
24 fevral kuni Rossiya Ukrainada o‘z harakatlarini boshlaganidan buyon 2,5 milliondan ortiq odam boshqa davlatlarga ko‘chib o‘tgan.
BMT ma’lumotiga ko‘ra, Ukrainada kamida 579 tinch aholi halok bo‘lgan va 1002 nafari yaralangan.
Yevropa Ittifoqi, AQSH va boshqa davlatlar Moskvaga qarshi sanksiyalar kiritgan bir paytda, ko‘plab kompaniyalar va global brendlar Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatdi.
Ulug‘bek Mahmirzayev,O‘zA