Rossiya samolyotlari uchun Fransiya havo hududi yopiladi
Fransiya hukumati Rossiya aviakompaniyalari va samolyotlari uchun o‘z havo hududini yopishga qaror qildi.
REGNUM xabariga ko‘ra, bu haqda transport ishlari vaziri Jan-Batist Jebbari ma’lum qilib, Twitter orqali: “Bugundan boshlab Fransiya Rossiya samolyotlari va aviakompaniyalari uchun o‘z havo hududini yopadi”, deb yozgan.
Xabarda, avvalroq Germaniya, Daniya va Islandiya Rossiya aviakompaniyalarining samolyotlari uchun o‘z havo hududini yopganini eslatilgan.