Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya rasmiy vakili Kuril orollarini ijaraga berilishiga oid xabarlarni rad etdi
09:56 / 2021-12-07

Kuril orollarini ijaraga berish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas.

Rossiya prezidentining Uzoq Sharqdagi vakolatli vakili Yuriy Trutnev voqealar bunday rivojiga nisbatan shu tariqa izoh berdi, deyiladi “RIA Novosti” xabarida.

U Kurill Rossiyaniki bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi, deb ta’kidladi.

Avvalroq Saxalin gubernatori Valeriy Limarenoko Daniyaning qayta tiklanuvchi energiya manbalariga doir investitsiya bilan shug‘ullanuvchi  “Copenhagen Offshore Partners” kompaniyasi shimoliy Kuril guruhidagi Shumshu orolini ijaraga olishini ma’lum qilgan. Keyinroq uning matbuot kotibi Svetlana Litvinova orollar to‘laligicha ijaraga berilmasligiga aniqlik kiritgandi.

Uningcha, Shumshu orolining bir qisminigina ijaraga berish imkoni ko‘rib chiqilmoqda.