Rossiya – Qirgʻiziston: 30ga yaqin hujjat imzolanishi kutilmoqda
Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning shu yilning 28 mart kungi Qirgʻizistonga rasmiy tashrifi davomida ikki tomonlama hamkorlik yuzasidan 30ga yaqin hujjat imzolanishi kutilmoqda.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning shu yilning 28 mart kungi Qirgʻizistonga rasmiy tashrifi davomida ikki tomonlama hamkorlik yuzasidan 30ga yaqin hujjat imzolanishi kutilmoqda.
Bu haqda TASS Qirgʻiziston Prezidenti maʼmuriyati tashqi siyosat boʻlimi rahbari Doniyor Sidiqov maʼlumotiga asoslanib xabar beradi.
“Hujjatlar imzolanishidan tashqari ikki davlat rahbari tomonidan qoʻshma deklaratsiya qabul qilinadi”, degan D.Sidiqov.