Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi
14:04 / 2024-05-27

27 may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qildi. Davlat madhiyalari yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng, davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boshlandi.