Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya prezidenti MAGATE – Rossiya – Ukraina formatidagi muloqot tashkil etilishini qo‘llab-quvvatladi
12:22 / 2022-03-07

Rossiya prezidenti Vladimir Putin fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron bilan telefon muloqotida Ukrainadagi yadroviy ob’ektlarning xavfsizlik mexanizmini ishlab chiqish maqsadida uch tomonlama MAGATE-Rossiya-Ukraina formatidagi muloqot tashkil qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

Kreml matbuot xizmati ma’lumotida Putin g‘oya foydali bo‘lishini ta’kidlab, uchrashuv videoaloqa tarzida yoki uchinchi davlatda o‘tsa maqsadga muvofiq bo‘lishini aytdi, deyilgan.

Avvalroq BMT bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari Di Karlo atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro agentlik – MAGATE ekspertlari Ukraina yadroviy ob’ektlariga kirishini ta’minlashga chaqirgandi. Shuningdek, Birlashgan Qirollik bosh vaziri Boris Jonson Chernobil falokati takrorlanish ehtimolidan xavotirhlanib bayonot bergandi.