Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya prezidenti hukumatga oziq-ovqat mahsulotlari narxini tushirish vazifasini topshirdi
09:49 / 2020-12-14

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga bir haftalik muddatda oziq-ovqat mahsulotlari narxini tushirish masalasini hal qilishni topshirdi.

“TASS” xabariga ko‘ra, davlat rahbari iqtisodiy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda iqtisodiy taraqqiyot vazirini asosiy oziq-ovqat turlarining narxiga oid “tajribalar” bo‘yicha tanqid qilgan.  

“Rossiyaliklar asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini olishga pul yo‘qligi sabab o‘zlarini cheklamoqda. Bu hazil gap emas. Ishsizlik darajasi oshib, daromadlar kamayib borayotgan sharoitda oziq-ovqat narxi oshmoqda. Siz esa, bu yerda ertak aytayapsiz”, dedi Putin soha vazirining hisobotiga izoh bera turib.