Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya nima uchun Telegram ni cheklamoqda? (+video)
19:42 / 2026-02-11

Rossiyaning Roskomnadzor idorasi Telegram messenjerini bosqichma-bosqich cheklamoqda. Bunga sabab sifatida platformaning mamlakat qonunlarini buzgani aytiladi, deb xabar berdi Euronews.

Seshanba kuni Rossiya internet nazorati xizmati  Telegram messenjerining ishini cheklayotganini e’lon qildi. Sabab sifatida qonun buzilishi ko‘rsatilmoqda. Hukumat xorijiy texnologik platformalarni Rossiya qoidalariga bo‘ysunmasa ular faoliyatini majburiy sekinlatish yoki to‘liq taqiq bilan bir necha bor ogohlantirgan.  

Tanqidchilar va inson huquqlari tashkilotlari bu choralarni Kremlning internetdan foydalanishni nazorat qilish va kuzatuvni kengaytirishga qaratilgan ochiq harakati, deb baholashmoqda.  

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov  esa Roskomnadzor idorasining bu harakatini foydalanuvchilarni davlat nazoratidagi Max ilovasiga o‘tkazishga undovchi harakat sifatida ko‘rmoqda. U nimagadir Max ilovasini nazorat va siyosiy so‘z erkinligini cheklash uchun yaratilgan, deb hisoblaydi.

Telegram Rossiyada keng qo‘llanilmoqda, shu jumladan hukumat va Kreml rasmiylari ham unda yangiliklar e’lon qiladilar. Roskomnadzor Telegram bilan bir qatorda WhatsApp va YouTube kabi xorijiy platformalarni ham nazorat qilishga harakat qilmoqda.  

Durov Rossiya hukumati bilan uzoq muddat qarama-qarshilikda bo‘lgan va Max ilovasi orqali foydalanuvchilarni davlat nazoratiga o‘tkazish harakatlariga e’tiroz bildirgan. Durov ta’kidlaganidek, bu usullar, ya’ni cheklash 8 yil avval Eronda ham qo‘llanilgan, ammo foydalanuvchilar nazorat ostida bo‘lsada Telegram dan foydalanishni davom ettirgan.                        

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/DURGuNaQPI0" title="Rossiya nimauchun Telegram ni cheklamoqda?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA