Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya Nikaragua, Venesuela va Kubada razvedka markazi tashkil etishi mumkin
13:55 / 2022-02-05

Ukraina sharqidagi vaziyat keskinlashuvi sharoitida Rossiya Nikaragua, Venesuela va Kubada razvedka markazi tashkil qilib, harbiy-havo kuchlari moddiy-texnik ta’minoti punktlarini ochishi, shu mamlakatlarga harbiy mutaxassislar yuborishi mumkin, deyishmoqda “RIA Novosti” o‘tkazgan so‘rovga javoban tahlilchilar.

Avvalroq Rossiyaning Nikaragua, Gonduras va Salvadordagi elchisi Aleksandr Xoxolikov Nikaragua qonuniga muvofiq, mamlakatda boshqa davlat, jumladan, Rossiyaning ham askarlari, harbiy texnikasi tajriba almashish, qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazish va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish maqsadida joylashtirilishi mumkinligini aytgandi.