English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya Markaziy Osiyoda suv va energetikani rivojlantirish loyihalarida qatnashishi mumkin
15:54 / 2021-12-07

Jahon matbuoti sahifalarida

Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari  Aleksandr Novak mahalliy kompaniyalarga Markaziy Osiyoda suv va energetika majmuasini rivojlantirish bo‘yicha investitsiyaviy dasturlarda ishtirok etish masalasini ishlab chiqishni topshirdi, deb xabar beradi TASS  axborot agentligi.

A.Novakning qayd etishicha, umumiy elektr energiya bozorini shakllantirish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona foydalanish imkonini beradi. “Biz muqobil energiya manbalarining hissasini oshirib, iste’molchilarni  ishonchli elektr energiya bilan ta’minlashimiz mumkin bo‘ladi”, — dedi u.   

«Biz  Rossiya kompaniyalarining qo‘shni davlatlar suv va energetika  tarmog‘ini  rivojlantirishdagi ishtirokini  ma’qullaymiz va bunda katta istiqbollarni ko‘ramiz», — dedi bosh vazir o‘rinbosari.

* * * 


Limonga talab oshdi  

Tojikistonlik fermerlar limon yig‘ib olishni boshladilar. Kunlar sovishi bilan  bu mevaga bo‘lgan talab ikki baravar ortdi.  
«MIR 24»,  telekanalining xabar berishicha, Tojikistonda o‘tgan asrning 30-yillaridan boshlab limon yetishtirib kelinmoqda. Fermer  Murtazo Sharipovning so‘zlariga qaraganda,  limonning pishgani uning to‘q sariq rangiga qarab belgilanadi. Yig‘im paytida  bu sitrus mevasini dumchasidan teparoq qismidan ehtiyotkorlik bilan  kesib olish kerak, aks holda, limon aynib qolishi va iste’molchilar qo‘ligacha yetib bormasligi ham mumkin. Dushanbe bozorlarida bir kilogramm limon bir AQSH dollari turadi, biroq bir-ikki haftadan so‘ng narxlar pasayishi mumkin. Bu yerda limondan damlama va murabbolar tayyorlash bilan birga, ularni milliy taomlarga ham qo‘shishadi. Qariyb ikki ming gektar maydonni egallagan limon bog‘laridan har yili deyarli 100 tonna hosil olinadi.  

 

I.Abdumalikzoda tayyorladi, O‘zA