Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya jamoasi qo‘lga kiritgan oltin medal o‘z-o‘zidan AQSHga nasib etishi mumkin
15:58 / 2022-02-09

"Inside The Games" xabariga ko‘ra, Xitoyda davom etayotgan qishki olimpiya o‘yinlarining figurali uchish bahslarida ishtirok etgan Rossiya olimpiya qo‘mitasi vakillarining biridan olingan doping tekshiruvida ijobiy natija qayd etilgan.

Shu bois kecha figurali uchish bo‘yicha jamoaviy musobaqalarda g‘olib chiqqanlarni taqdirlash marosimi qoldirildi.

Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Xalqaro konkida uchish ittifoqi bilan huquqiy maslahatlashuv o‘tkazadi.
Agar sportchida haqiqatan taqiqlangan moda bo‘lganligi tasdiqlansa, Rossiya jamoasi qo‘lga kiritgan oltin medal o‘z-o‘zidan AQSHga nasib etadi. Bu Yaponiya jamoasini ikkinchi o‘ringa, Kanada terma jamoasini esa kuchli uchlikka olib chiqadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA