Rossiya iqtisodiyotining kuchsiz tomoni ma’lum qilindi
Rossiya Hisob palatasi rahbari Aleksey Kudrinning ta’kidlashicha, uglevodorodlarga qaramlik hamon Rossiyaning eng asosiy kamchiligi hisoblanadi.
"Iqtisodiyotimizning eng asosiy kamchiligi uglevodorodlarga qaram bo‘lib qolganimizdir. U hamon bizning kuchsizligimizni namoyon qilib, hamon ko‘pgina institutlar samaradorligini paysaytirmoqda", – dedi Kudrin Moskva moliya anjumanida so‘zga chiqib.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya ushbu ojizlik bilan ishlashni o‘rganishi kerak.