Rossiya iqtisodi barqarorligini ta’minlash uchun jiddiy choralar ko‘rilmoqda – Kreml
Qator xorijiy kompaniyalarning o‘z faoliyatini to‘xtatishi sharoitida ishsizlikka qarshi kurash Rossiya hukumatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi, dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Peskovning aytishicha, chindan ham xorij investorlari ketmoqda, shuning uchun tarmoq vazirlari yaqin orada aholi bandligini ta’minlash uchun qator chora-tadbirlarni ishlab chiqishi zarur.
Bundan tashqari, Kremlning rasmiy vakili mamlakat iqtisodining barqarorligini ta’minlash uchun tizimli va jiddiy choralar ko‘rilayotganini aytgan. Peskov iqtisoddagi muvofiqlashuvni tiklash uchun qancha vaqt talab etilishiga aniqlik kiritmagan.
N.Toshpo‘latova