Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya gazini O‘zbekistonga Qozog‘iston hududi orqali eksport qilish joriy yilning to‘rtinchi choragidan boshlanadi
16:47 / 2023-06-16

Bugun Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma va respublika gaz uzatish tizimini Rossiya gazini qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

Hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev ishtirokida energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va “Gazprom” OAJ boshqaruvi raisi Aleksey Miller imzoladi.

Rossiya gazini O‘zbekistonga Qozog‘iston hududi orqali eksport qilish 2023 yilning to‘rtinchi choragidan boshlanadi, deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida.

O‘zA