English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya Federatsiyasidagi yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazildi
15:05 / 2022-08-19

Rossiya Federatsiyasidagi yurtdoshlarimiz ish va yashash sharoitlarini o‘rganish hamda ish beruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida respublika ishchi guruhi a’zolari ushbu davlatda bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida Ishchi guruhi a’zolari Xabarovsk o‘lkasidagi o‘zbek diasporasi vakillari, faol vatandoshlar va mehnat migrantlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy islohotlar, xususan, mehnat migratsiyasini tartibga solish hamda mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot berilib, hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, Xabarovsk o‘lkasi ish beruvchilari va tadbirkorlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarini qurilish va ishlab chiqarish sohalariga ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Ishchi guruh tashrifi davom etmoqda.