Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedev Toshkentga keldi
17:08 / 2019-11-01

Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedev SHHTga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi.


Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedev SHHTga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov kutib oldi.

Toshkentda 1-2-noyabr kunlari oʻtadigan nufuzli anjumanda SHHTga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi kun tartibidagi dolzarb masalalar, shuningdek, tashkilot doirasida oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Majlisda hukumat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadi.

Muzokaralar yakuni boʻyicha SHHT doirasidagi munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.