Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya elchixonasi xodimiga pichoq bilan tahdid qilgan ayol qo‘lga olindi
17:27 / 2025-10-13

Berlin markazidagi Rossiya Federatsiyasi elchixonasi binosi yonida pichoq bilan politsiya xodimiga tahdid qilgan 31 yoshli ayol qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt politsiyasi xabar berdi.

Hodisa 11 oktyabr, shanba kuni tush payti sodir bo‘lgan. Juvon elchixonani qo‘riqlayotgan ayolga yaqinlashgan vaunga qo‘lidagi pichoq bilan tahdid qilib, haqoratli so‘zlar aytgan. Qo‘riqchi xodima xizmat qurolini chiqargach, voqea joyidan qochgan.Politsiya tezda ayolni ushlagan.

Gumonlanuvchi “harakatida nomutanosiblik kuzatilgani” sabab shifoxonaga joylashtirilgan va bemor qonidan tahlil uchun namuna olingan. Ayni payt Berlin shahri politsiyasi Davlat xavfsizligi bo‘limi tomonidan tergov olib borilyapti.

“n-tv” telekanali politsiya ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, hodisa vaqti yangragan haqoratli so‘zlar RF fuqaroligiga qaratilgan. Ya’ni, ayol elchixonani himoya qilayotgan politsiya xodimini Rossiya fuqarosi, deb o‘ylagan.

RFning Germaniyadagi elchixonasi Unter-den-Linden (Unter den Linden) xiyobonidagi mashhur Brandenburg darvozasi yaqinida joylashgan.

Dilshod Hakimov, O‘zA