Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya Britaniyaga amalga oshiriladigan aviaqatnovlarga joriy qilingan taqiq muddatini uzaytiradi
09:41 / 2020-12-29

Buyuk Britangiyadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib Rossiya mazkur davlat bilan aviaqatnovlarga joriy qilgan taqiq muddatini uzaytiradi, deyiladi “REGNUM” xabarida.

Rossiyadagi COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabdan ma’lum qilinishicha, aholining salomatligini himoya qilish maqsadida aviaqatnovlar bo‘yicha bunday taqiq 2021 yilning 12 yanvari, soat 23:59 gacha uzaytirilgan.  

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi turi aniqlanganidan keyin ko‘pgina davlatlar qatorida Rossiya ham mazkur mamlakat bilan aviaqatnovlarni 22 dekabrdan bekor qilgandi.