Rossiya va Ukraina Bosfor bo‘g‘ozidan harbiy kemalarini o‘tkazmaslik bo‘yicha Anqaraning talabini bajarmoqda, deb bayonot berdi Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar.
Montryo konvensiyasi 1936 yilda qabul qilingan. Ushbu hujjatga ko‘ra, savdo kemalari urush vaqtida ham, tinchlik vaqtida ham Bosfor bo‘g‘ozidan emin-erkin suzib o‘ta oladi. Shu bilan birga, mazkur hujjat Qora dengizga chegaradosh bo‘lmagan mamlakatlarning harbiy kemalari mazkur akvatoriyaga faqat uch haftalik muddat bilan bo‘la oladi. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda Turkiya harbiy kemalarning Bosfor va Dardanel orqali o‘tishini taqiqlashga yoki cheklashga haqli.
"Biz ikki tomonga ham Montryo doirasida harbiy kemalar Bosfor orqali harakatlanishi mumkin emasligi haqida ma’lum qilganmiz. Hozirgacha harbiy kemalar bo‘g‘ozni kesib o‘tmadi. Biz mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun ikki tomondan ham aniq-tiniq qilib Montryoga amal qilishlarini talab qildik. Mintaqada tinchlik, xotirjamlik va barqarorlikni saqlash uchun harakatlarni qat’iy ravishda davom ettiramiz. Qora dengiz strategik qarama-qarshilik hududiga aylanishini aslo istamaymiz", — dedi Akar Haberturk TVga bergan intervyusida.