Rossiya Belarusga Qozog‘iston neftini yetkazilishini bloklamoqda
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatga Qozog‘iston neftining yetkazib berilishini Moskva bloklayotgani haqida bayonot berdi, deyiladi “BelTA“ xabarida.
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatga Qozog‘iston neftining yetkazib berilishini Moskva bloklayotgani haqida bayonot berdi, deyiladi “BelTA“ xabarida.
Minskda neft sohasi ekspertlari bilan o‘tgan uchrashuvda Lukashenko iqtisodiy talab keskinlashayotganligini ta’kidladi. “Taajjub: ittifoqdoshimiz boshqa bir ittifoqdoshimizdan neft olib kelishimizga rozi bo‘lmayapti. Neft yetkazib berilishidagi vaziyat mana shunday, biz buni hal qilishimiz kerak“, dedi Lukashenko.
Aslida, har uch davlat — Qozog‘iston, Belarus va Rossiya Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqining a’zolari hisoblanadi.
Shuningdek, Lukashenko o‘z bayonotida Rossiya Federatsiyasi tomonidan soliq hujumlari tufayli respublika budjetining daromadlar qismi pasayayotganini, neftni qayta ishlash zavodlari ish samaradorligi yomonlashayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida, Belarus so‘nggi vaqtlarda neft tranziti narxi masalasida Rossiya bilan bahslashmoqda. Bu integratsiyalashuvni chuqurlashtirish borasida Moskvaning Lukashenkoga bo‘lgan bosimi kuchayishi fonida yuz bermoqda. Belarus yoqilg‘i yetkazib berish va moliyalashda Rossiyaga tobe va shu bilan birga Rossiya energetikasini Yevropaga yetkazishda asosiy tranzit marshrutlaridan hisoblanar edi.