Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya, Belarus, Falastin va Vyetnam harbiy delegatsiyasi “ArMI – 2020” da ishtirok etish uchun yetib keldi
18:35 / 2020-08-15

Xalqaro armiya oʻyinlarining “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovida ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan dastlabki harbiy delegatsiyalar Qarshi shahridagi Xonobod harbiy aerodromida kutib olindi.

Xalqaro armiya oʻyinlarining “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovida ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan dastlabki harbiy delegatsiyalar Qarshi shahridagi Xonobod harbiy aerodromida kutib olindi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti OʻzA xabar berdi.

photo_2020-08-15_15-31-08.jpg

“Forish” togʻ poligoniga yetib kelgan mehmonlarni Mudofaa vazirligi rahbariyati va Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi masʼullari tantanali ravishda, oʻzbekona urf-odat va anʼanalarga koʻra qarshi olishdi.

Endilikda jamoalar 3 kunlik karantinda boʻlgach, test tahlili natijalariga koʻra mashgʻulotlarni boshlaydilar.

photo_2020-08-15_18-09-56.jpg

Shuningdek, yaqin kunlarda Tojikiston harbiylarning ham “Forish”ga yetib kelishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 23-avgustidan 5-sentyabriga qadar davom etadigan “Harbiy-tibbiy estafeta”da jami 6 ta davlat vakillari ishtirok etadi.

photo_2020-08-15_15-31-13.jpg