Rossiya barcha zarur choralarni koʻrishga tayyor
“Shimoliy Koreya yarim orolini yadrodan xoli hudud qilish borasida Rossiya va AQSH oʻrtasida maʼlum fikrlar almashinuvi bor, lekin barqaror munosabat yoʻq”, dedi jurnalistlarga Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

“Bu masala muhokamasi juda muhim, lekin faol munosabatlar haqida gapirishga hali erta. Rossiya tomoni Koreya yarim orolini yadrodan xoli qilish boʻyicha oʻziga tegishli barcha zarur choralarni koʻradi”, dedi u.