Rossiya AQSHga bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik bo‘yicha o‘zaro kafolatlashni taklif etdi, deyiladi RIA Novostining Rossiya tashqi ishlar vazirligi bergan ma’lumotga tayanib tarqatgan xabarida.
Shuningdek, Moskva Vashingtonga xakerlar hujumini bartaraf etish uchun ixtisoslik bo‘yicha muloqot kanallarini qayta tiklashni ham taklif etgan.
Vazirlikning kibertahdid yuzasidan ma’lum qilishicha, "ishonchli qadamlarning biri bu 2020 yil 25 sentyabrda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning xalqaro axborot xavfsizligi (XAX) sohasida Rossiya-AQSH muloqotini qayta yo‘lga qo‘yish taklifiga Vashington tomonidan munosabat bildirilishidir".
"Rossiya tashabbusining mazmun-mohiyati shundan iboratki, unda axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish sohasida ikki tomonlama munosabatlarni qayta yo‘lga qo‘yish uchun amaliy choralar majmuini qabul qilish", — deya ta’kidlaydi Rossiya tashqi ishlar vazirligi.
Bundan tashqari, vazirlikning ta’kidlashicha, Moskva ilgari surayotgan taklifda bir-biriga AKTdan foydalangan holda birinchi bo‘lib zarba bermaslik to‘g‘risidagi siyosiy majburiyat olish bo‘yicha global shartnoma imzolash ham ko‘zda tutilgan.