“Rossiya AQSH sanksiyalariga qarshi munosib javob qaytaradi”
Rossiya AQSHning yangi sanksiyalariga javob qaytaradi, deb bayonot berdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
“Interfax.ru” xabarida qayd etilishicha, “Bu bizni ajablantirgani yo‘q. AQSH anchadan buyon mamlakatimizga qarshi shunday siyosat yuritib kelmoqda. Har tomonlama munosib javob bo‘ladi. Bundan tashqari biz ayrim xulosalarni ham chiqaramiz” deb ta’kidladi Lavrov jurnalistlarga bergan interyusida.
“Vashingtonning bu harakatlaridan maqsad raqobatchilarni kuchsizlashtirish, albatta, bular Xalqaro savdo tashkiloti me’yorlariga zid hisoblanadi”, deya qayd etgan vazir.