Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya aholisi 15 yilda ilk bor yarim million kishiga kamaydi
13:42 / 2021-01-29

Rossiyada 2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 146 million 238 ming kishi yashagan.

 Bu avvalgi yil bilan taqqoslaganda 510 ming kishiga kam. Rosstat shu haqda ma’lum qildi.

Bungacha aholining yarim millionga kamayishi 2005 yilda kuzatilgan edi.

Statistikaga ko‘ra, qariyb 109,3 million rossiyalik shaharlarda, taxminan 37 million kishi qishloqlarda yashaydi.

Rossiya Davlat dumasi deputati Svetlana Bessarab ushbu holatga COVID-19 pandemiyasi tufayli sog‘liqni saqlash tizimidagi qiyinchiliklar sabab bo‘lgan, deya fikrni bildirgan.