Rossiya Afg‘onistonga yonilg‘i, gaz va bug‘doy yetkazib beradi
Tolibon Afg‘onistonga benzin, dizel yonilg‘isi va bug‘doy yetkazib berish bo‘yicha Rossiya bilan dastlabki kelishuvni imzoladi. Bu haqda Afg‘oniston savdo va sanoat vaziri Hoji Nuriddin Aziziy “Reyter” agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Aziziyning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik savdo hamkorlarini diversifikatsiya qilish ustida ishlamoqda, Rossiya Tolibon ma’muriyatiga xom ashyoning jahondagi o‘rtacha narxi darajasida chegirma taklif qilgan.
Mazkur loyiha Afg‘onistondagi yangi hukumatning birinchi yirik xalqaro iqtisodiy kelishuvidir.

Hujjatga binoan, Rossiya har yili, taxminan, bir million tonnadan benzin va dizel yonilg‘isi, 500 ming tonna suyultirilgan gaz, ikki million tonna bug‘doy yetkazib berishni nazarda tutadi.