Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Rosselxoznadzor” federal xizmati O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tayyor go‘sht va sut maxsulotlar eksporti uchun ko‘yilgan vaqtinchalik ta’qiqni bekor qildi
14:30 / 2020-12-21

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan milliy mahsulotlarni dunyo bozoriga olib chiqish yo‘lida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shu jumladan, Rossiya Federatsiyasining “Rosselxoznadzor” federal xizmati bilan doimiy do‘stona munosabatlar asosida muvofiqlashtirilgan qo‘shma tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, olib borilgan hamkorlikdagi ishlar natijasida O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan chorvachilik mahsulotlari, xususan, termik ishlovdan o‘tgan tayyor go‘sht va sut mahsulotlari hamda xom ashyolari eksporti uchun yo‘l ochildi.

“Rosselxoznadzor” federal xizmati tomonidan qo‘yilgan vaqtinchalik cheklov Xalqaro epizootik Byuroning quruqlikdagi hayvonlar sog‘lig‘i kodeksi talablari asosida termik ishlovdan o‘tgan tayyor mahsulotlar uchun bekor qilindi.

Endilikda O‘zbekiston Respublikasida tayyor go‘sht va sut maxsulotlarni ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’ektlari o‘z mahsulotlarini Rossiya bozorida sotishlariga imkon yaratildi.
Buning uchun tadbirkorlik sub’ektlari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlarga eksport qiluvchi korxonalarni yagona reyestriga kirishi zarur bo‘ladi. Reyestrga kiritishdan oldin a’zo davlatlarning vakolatli organlari tomonidan hamkorlikda ishlab chiqaruvchi korxonalarda belgilangan tartibda veterinariya audit va inspeksiya o‘rganishlari o‘tkazilishi zarur bo‘ladi.

Dastlabki bosqichda, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan o‘z mahsulotlarini eksport qilish istagini bildirgan go‘sht va sut mahsulotlari, baliq va parranda mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi 9 nafar korxonalarda mahsulotlarni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo mamlakatlarga eksport qilishni amalga oshirish maqsadida vakolatli organlar tomonidan veterinariya audit va inspeksiya o‘rganishlarining o‘tkazilishi tashkil etildi.

Shu bilan bir qatorda, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va “Rosselxoznadzor” federal xizmati o‘rtasida O‘zbekistondan eksport qilinadigan chorvachilik mahsulotlari va korxonalar ro‘yxatini yanada kengaytirish borasida o‘zaro hamkorlikdagi ishlar davom etmoqda.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Axborot xizmati