Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
”Rosatom” davlat korporatsiyasi O‘zbekiston ikkinchi xalqaro energetika forumida ishtirok etdi
15:54 / 2023-05-21

Joriy yilning 18-20 may kunlari  Toshkent shahrida O‘zbekiston ikkinchi xalqaro energetika forumi doirasida “O‘zbekiston neft va gazi – OGU2023” va “Energetika, energiyani tejash, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari Power Uzbekistan 2023” xalqaro ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tdi.

 Forumda ”Rosatom” davlat korporatsiyasining energetika sohasidagi 20 nafardan ortiq  vakili qatnashdi. 
 
”Rosatom” davlat korporatsiyasining xalqaro biznes bo‘yicha direktori Boris Arseyev boshchiligidagi delegatsiyasi forum ishiga oid yalpi sessiyada ham qatnashdi. Unda so‘zga chiqqan Boris Arseyev davlat dekarbonizatsiyasi va taraqqiyoti uchun atom energetikasi muhimligiga hamda “SSER-1200” referent texnologiyali AES bunyod qilish tajribasiga e’tibor qaratdi. 
 
– Biz O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yuqori baholaymiz. Biz bugun katta ish qilmoqdamiz va butun bir texnologik klaster yaratmoqdamiz. Gap nafaqat atom energetikasi sohasidagi strategik hamkorlik va yadroviy texnologiyalarni noenergetik sohalarda qo‘llash haqida. ”Rosatom” portfelida shamol energetikasi, gidroenergetika, energiyani saqlash hamda O‘zbekiston uchun dolzarb bo‘lgan issiqlik energetikasi va neft-gaz kabi sohalardagi qarorlar majmui taqdim etilgan. ”Rosatom” O‘zbekistonga Rossiyaning yirik neft-gaz korxonalarida allaqachon muvaffaqiyatli foydalanilayotgan loyihalarni taqdim etishga tayyor, –dedi B.Arseyev. 
 
”Rosatom” davlat korporatsiyasining Barqaror taraqqiyot departamenti direktori Polina Lionning ”Energetika sohasining ekologik jihatlari” panel sessiyasidagi chiqishi energetika sohalari uchun qarorlardagi ESG-parametrlari  masalalariga bag‘ishlandi.   Shuningdek, forum yakunida "Rosatom – Enerdji Prodjekts" AJ bosh direktori o‘rinbosari Damey Xashba «Yadro energetikasi implementatsiyasi – uglerod xolislikni ta’minlash asoslari» atom panel sessiyasida mamlakatda atom elektr stansiyasini bunyod etish afzalliklari haqida so‘zlab berdi. 
 
Shuningdek, forum doirasida ”Rosatom”  atom energetikasi sohasida perspektiv texnologiyalarni taqdim etib,  "Power Uzbekistan 2023" xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etdi.  Ko‘rgazma mehmonlariga "SSER-1200” reaktori bilan yaqindan tanishish imkoniyati taqdim etildi. Bugungi kunda ushbu energiya bloki eng xavfsiz, deb hisoblanadi. U IAEA (Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik)  tomonidan tasdiqlangan. 

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA