Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ronalduning boyligi milliard dollardan oshdi va u tarixga kirdi
15:24 / 2025-10-08

Futbol olamidagi har bir yangilik Krishtianu Ronaldu nomi bilan bog‘liq bo‘lsa, albatta katta qiziqish uyg‘otadi. “Bloomberg” agentligi tarqatgan so‘nggi ma’lumot ham aynan shunday toifadagi xabarlardan biri bo‘ldi.

Agentlik xabariga ko‘ra, portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu tarixda ilk bor umumiy boyligi bir milliard dollardan oshgan futbolchi sifatida qayd etildi. Hozirgi kunda uning mol-mulki 1,4 milliard AQSH dollariga yetgani “Bloomberg” milliarderlar indekslarida rasman aks etdi.

Ma’lumki, Ronaldu 2025 yil iyun oyida Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi bilan umumiy qiymati 400 million dollardan ortiq bo‘lgan yangi shartnoma imzolagan edi. Mazkur bitim futbolchini dunyoning eng boy va nufuzli sportchilari qatoriga olib chiqdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Ronaldu 2002–2023 yillar mobaynida faqat futbol faoliyati orqali 550 million dollardan ziyod daromad ko‘rgan. Shuningdek, u yirik brendlar bilan hamkorlik qiladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA