Ronaldu Saudiyadan qochgani haqidagi xabar yolg‘on ekan
Saudiya Arabistoni “Al Nassr” klubida to‘p surayotgan portugaliyalik mashhur futbolchi Krishtianu Ronaldu yurtiga qochib ketgani haqidagi xabarlar inkor etildi.
Buning isboti sifatida “Al Nassr” klubi bugungi mashg‘ulotdan olingan fotosuratni e’lon qilib, futbolchi odatdagidek jamoa bilan birga ekanini tasdiqladi.
Klub Ronalduning shaxsiy samolyoti haqiqatan mamlakatdan jo‘nagani, uchoq sahnida esa uning oilasi bo‘lgani ta’kidlangan.
S.Rahimov, O‘zA