French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ronaldu rekordlar qayd etishda to‘xtamayapti
11:24 / 2021-01-11

Italiya chempionatining 17-turida «Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Sassuolo” darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Ronalduning ushbu goli yangi rekord sifatida qayd etildi.  

Aniqroq aytganda, Krishtianu Ronaldu Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida oxirgi 15 mavsumda uzluksiz 15 ta va undan ko‘p gol urgan dunyodagi yagona futbolchiga aylandi. Shu kunga qadar Italiya, Angliya, Ispaniya, Fransiya va Germaniya chempionatlarida hech bir futbolchi o‘n besh mavsum davomida 15 ta gol ura olmagan.

Shuningdek, Krishtianu Ronaldu faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar o‘rtasida eng ko‘p gol urgan charm to‘p ustasi hisoblanadi.