English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ronaldu 400 ming yevroga avtomobil sotib oldi
07:51 / 2019-02-26

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi mashina sotib oldi, deb xabar bermoqda Italiyaning Corriere della Sera nashri.


“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi mashina sotib oldi, deb xabar bermoqda Italiyaning Corriere della Sera nashri.

Manbaning aniqlashtirishicha, portugaliyalik futbolchi ushbu ulovni Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan oʻrin olgan “Atletiko” bilan boʻlib oʻtgan bahsdan soʻng, Milandagi Rolls Royce Cullinan avtosalonidan xarid qilgan.

“Toychoq”ning narxi 400 ming yevro atrofida turadi. Uning quvvati esa 571 ot kuchiga ega. Ronaldu yangi avtomobiliga maxsus qayd etiladigan toifalar sirasiga kiruvchi “007” raqamini rasmiylashtirgan.