Buxoro viloyati Romitan tumani hokimi Prezident saylovida birinchilar qatorida ishtirok etdi.
Umedjon Barnoyev oila a’zolari bilan birgalikda tuman markazidagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida joylashgan 350-saylov uchastkasida o‘zlari munosib deb topgan nomzodga ovoz berdi.
Gazli shaharchasi Romitan tumani Qizilqum cho‘lida joylashgan. Shaharchada barcha saylov uchastkalarida tayyorgarlik ishlari qat’iy va belgilangan talablar asosida olib borilgan.

Jumladan, 390-saylov uchastkasida “Baynalmilal” mahalla fuqarolar yig‘inining 1 ming 101 nafar ro‘yxatga olingan saylovchilari ovoz bermoqda.
– 54 nafar yurtdoshimiz muddatidan ilgari ovoz bergan edi, – deydi uchastka komissiyasi raisi Laylo Jabborova. – Uchastkamizda barcha sharoitlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi qonunchiligi talablari asosida yaratilgan.


Gazli shahri hokimi Sherali Po‘latovning ta’kidlashicha, shaharda ovoz berish jarayonlari davom etmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA