Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Romitanlik yoshlar ishli bo‘ldi
13:59 / 2022-10-15

Buxoro viloyati Romitan tumanidagi “Yoshlar daftari” ga kiritilgan o‘g‘il-qizlarga maxsus texnika va jihozlar topshirildi.

Tadbirda Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi. “Yoshlar daftari” ro‘yxatida bo‘lgan 64 nafar yoshlarga 307 million so‘mlik tikuv mashinalari, 2 nafariga 19 million so‘mlik kompyuter jamlanmasi topshirildi. Shuningdek, 28 nafar yoshlarga motokultivator uchun 302 million, 2 nafariga mini pech uchun 12 million, 4 nafariga go‘zallik saloni ochish uchun 28 million so‘m berildi.

– Tikuvchilik sohasiga juda qiziqaman, – deydi “Azizon” mahallasida yashovchi Gulmira Qayumova. – Mahallamizdagi yoshlar yetakchisiga subsidiya asosida tikuv mashinasi olishga ariza topshirib, hunar o‘rganish maqsadida tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan tashkil etilgan tikuvchilik o‘quv kursida o‘qidim. Bugun mutasaddilar tomonidan menga subsidiya asosida tikuv mashinasi topshirildi. Bundan juda xursandman.

Amalga oshirilayotgan ishlar natijada 102 nafar yoshlarning bandligi ta’minlanib, “Yoshlar daftari” ro‘yxatidan chiqariladi.

Zarif Komilov,  O‘zA