Romitanda ilg‘or fermerlar safi kengaymoqda
Buxoro viloyati Romitan tumani 1-sektoriga qarashli 98 ta ilg‘or fermer xo‘jalik rahbarlari shartnomada belgilangan paxta rejasini birinchilardan bo‘lib bajardi.
Tuman hokimi Umidjon Barnoyev rahbarligidagi 1-sektor fermerlari davlatimiz xirmoniga 8 ming 641 tonna oq oltin topshirdi. Belgilangan reja birinchi terimdayoq 100,1 foizga bajarildi. Bundan tashqari, mirishkor dehqonlar davlatga paxta topshirish rejasini 122 foizga bajarishni o‘z oldiga maqsad qilgan.


Ma’lumot uchun, 1-sektor hududidagi “Baxtiyor”, “Navobod”, “G‘afurobod Zulfiya”, “Oltin Xirmon”, “Bahrom Azim Fayz”, “Tilav Nazar”, “Saidbek Qo‘rg‘on Zamini”, “Cho‘li Maxmud” fermer xo‘jaliklari 45-65 sentnerdan hosil oldi.
Zarif Komilov, O‘zA