Professional boksning WBA yo‘nalishi bo‘yicha yarim o‘rta vazn toifasida amaldagi jahon chempioni, amerikalik Rolando Romero aslida o‘z kamarini ushbu vaznda majburiy da’vogar bo‘lgan hamyurtimiz Shahram G‘iyosov bilan jang olib borishi kerak.
Biroq WBA tashkiloti Romeroga o‘zbekistonlik majburiy da’vogar G‘iyosov bilan jangdan oldin Konor Bennga qarshi ixtiyoriy himoya jangini o‘tkazishga ruxsat bergan.
Xo‘sh, shunday sharoitda ushbu qarama-qarshilik bahsi ro‘y berishi mumkinmi?
ESPN nashri xabariga ko‘ra, Benning o‘zi Rayan Garsiya va Mario Barrios bahsi g‘olibi bilan professional boksning WBC yo‘nalishida chempionlik kamari uchun jang qilish istagida ekanini bildirgan.
Voqealar rivojidan oldinga o‘tib aytadigan bo‘lsak, agar Rolando Romero-Konor Benn jangi amalga oshmasa, uning keyingi raqibi Shahram G‘iyosov bo‘lishi talab etiladi.
Shunday vaziyatda amerikalik Romero hamyurtimiz Shahram G‘iyosov bilan jang qilishdan bosh tortsa, professional boks qoidasiga binoan chempionlik kamaridan mahrum etiladi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA