Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Roman Golovchenko G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi
22:55 / 2022-04-24

Belarus Respublikasi Bosh vaziri Roman Golovchenko mamlakatimizga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida poytaxtimizdagi G‘alaba bog‘iga keldi.

Yuksak martabali mehmonga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan mazkur yirik inshoot tarixi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng Belarus hukumati rahbari “Matonat madhiyasi” majmuasiga gul qo‘ydi.

Ikkinchi jahon urushida besh o‘g‘lidan ayrilgan jafokash va matonatli ona – Zulfiya aya Zokirova, uning sadoqatli kelinlari va yetim qolgan nabiralari xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan mazkur yodgorlik xalqimizning urushdagi yo‘qotishlari, g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasi timsoli sifatida bog‘ markazidan o‘rin olgan. Majmuani ziyorat qilish barcha O‘zbekiston onalariga yuksak hurmat-ehtirom ifodasidir.

R. Golovchenko va A.Aripov bog‘ markazidagi “Shon-sharaf” muzeyida ham bo‘ldilar. Mehmon muzey eksponatlari bilan yaqindan tanishdi.

Ta’kidlash kerak, Belarus Bosh vaziri G‘alaba bog‘i va “Shon-sharaf” muzeyi bo‘ylab sayohatini yuqori baholab, mazkur ob’ektlar unda katta taassurot qoldirganini e’tirof etdi.

Roman Golovchenkoning O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda. 

Ulug‘bek MAHMIRZAEV,
O‘zA muxbiri