Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Rolan Garros-2019” O‘zbekiston vakillarisiz o‘tadi
10:11 / 2019-05-22

Kelayotgan haftada Parij shahrida tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turniri start oladi.


Kelayotgan haftada Parij shahrida tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turniri start oladi.

Ayni kunlarda nufuzli musobaqaning asosiy to‘riga saralash bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Afsuski, bu yilgi musobaqa hamyurtlarimiz ishtirokisiz o‘tadigan bo‘ldi. Kecha musobaqaning ayollar o‘rtasidagi saralash bahslarida ishtirok etgan mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina Sharipova ilk davrada serbiyalik Olga Danilovichga imkoniyatni boy berdi.

Qariyb ikki soat davom etgan o‘yinda Sabina 1-setda 1:6 hisobi bilan yutqazgan bo‘lsa-da, ammo keyingi setda 7:5 hisobida g‘alaba qozonib, vaziyatni o‘nglagandi. Ammo, hal qiluvchi 3-setda yana omad Danilovich tomonida bo‘ldi. Shu tariqa Sharipova ham “Rolan Garros”dagi ishtirokini saralash bosqichidayoq yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha erkaklar orasida O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi bo‘lmish Denis Istomin ham saralash bosqichining ilk davrasida mag‘lub bo‘lgandi. U Germaniya vakili Dastin Braunga yutqazdi. Natijada Denis musobaqaning asosiy davrasida ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Ta’kidlash joiz, Istomin 2009 yildan buyon uzluksiz ravishda “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Australian Open, “Rolan Garros”, “Uimbldon” va US Open turnirlarining asosiy davrasida muntazam qatnashib kelayotgan edi.